Axborotni qabul qilish va uzatishda tasvirlarning ahamiyati, ayniqsa tibbiyot va qishloq xo’jaligi kabi sohalarda tengsizdir. Ayrim hollarda, turli omillar sabab olingan tasvirlar sifat talablariga javob bermasligi mumkin. Kontrast, tiniqlik, yorqinlik va shovqin tasvir sifatiga ta’sir qiluvchi muhim parametrlar hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishida tasvirlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan kontrast muhokama qilingan. Ya’ni, tasvir kontrastini etalonsiz baholovchi mezonlar o’rganilgan.
Maqolada qimmatli rangbarangliklari bo’yicha gomogen va geterogen juftlash variantlaridan olingan qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilarida rang tekisligini o‘rganish borasidagi tadqiqotlar natijalari keltirilgan
Ushbu maqolada brayl matn tasvir sifatini oshirish usullari haqida so‘z boradi. Haqiqiy hayotda brayl alifbosidagi hujjatlarning koʻp tasvirlari sifatsiz boʻlgani uchun, bu maqolada koʻrib chiqish lozim: interpolyatsiya, shovqinni filtrlash, morfologik operatsiyalar kabi turli xil dastlabki ishlov berish algoritmlari va global konturlar haqida ma’lumot berilgan.
Hozirgi vaqtda turli xil tasvirga olish qurilmalaridan olingan raqamli tasvirlar soni keskin oshib bormoqda. Ayrim hollarda ushbu tasvirlar tasvirga olish, qayta ishlash, siqish, saqlash, uzatish va ko’paytirish jarayonida turli shovqinlardan ta’sirlanib, sifatsiz holatga kelishi mumkin. Shovqin tasvirdagi ma’lumotlarning sifatini buzadigan tasodifiy o’zgarishlarni ifodalaydi va tasvirdan muhim ma’lumotlarni olishga to’sqinlik qiladi. Bu o’z navbatida, tasvirda uchraydigan asosiy shovqin turlarini o’rganish tasvirlash sohasida dolzarb ekanligini ko’rsatadi. Mazkur tadqiqot ishi Gauss, tuz va qalampir, uniform, Puasson, spekl, rayleigh va risian kabi shovqin turlarini o’rganishga bag’ishlangan.
Yer yuzasida o'zgarishlarni aniqlashning aniqligi
inson va tabiat hodisalari o'rtasidagi munosabatlar va o'zaro ta'sirlarni tizimlari (GIS) erdan foydalanish va er qoplamining o'zgarishi haqida aniq ma'lumot berish imkoniyatiga ega. Ushbu maqolada biz erdan foydalanish va er qoplamining o'zgarishini aniqlash uchun qo'llaniladigan asosiy usullarni o'rganamiz. O'n bitta o'zgarishlarni aniqlash texnikasi ko'rib chiqiladi. Tegishli adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, eng ko'p qo'llaniladigan usullar tasniflashdan keyingi taqqoslash va asosiy komponentlar tahlilidir. Tasniflashdan keyingi taqqoslash ikki sana o'rtasidagi atmosfera va sensor farqlarining ta'sirini minimallashtirishi mumkin. Tasvirni farqlash va tasvirni nisbatlashni amalga oshirish oson, lekin ba'zida ular aniq natijalarni bermaydi. Gibrid o'zgarishlarni aniqlash ko'plab texnikaning afzalliklaridan to'liq foydalanadigan foydali texnikadir, lekin u murakkab va boshqa usullarning xususiyatlariga bog'liq, masalan, nazorat ostida va nazoratsiz tasniflash. O'zgarishlar vektor tahlilini amalga oshirish qiyin, ammo u o'zgarish yo'nalishi va hajmini ta'minlash uchun foydalidir. So'nggi paytlarda o'zgarishlarni aniqlashda sun'iy neyron tarmoqlar, chi kvadrat, qarorlar daraxti va tasvir sintezi tez-tez ishlatib kelinmoqda. Masofaviy zondlash ma'lumotlari va GISni o'zgarishlarni aniqlashga integratsiyalash bo'yicha tadqiqotlar ham ko'paydi. lekin u o'zgarishlarning yo'nalishi va hajmini ta'minlash uchun foydalidir. So'nggi paytlarda o'zgarishlarni aniqlashda sun'iy neyron tarmoqlar, qarorlar daraxti va tasvir sintezi tez-tez ishlatib kelinmoqda. Masofaviy zondlash ma'lumotlari va GISni o'zgarishlarni aniqlashga integratsiyalash bo'yicha tadqiqotlar ham ko'paydi.
Мақолада кўк ва сур рангли қоракўл қўйларининг биологик ва маҳсулдорлик хусусиятларига таъсир қилувчи омиллар, маҳсулдорликни оширишнинг генетик имкониятлари ҳақида фикрлар баён эттирилган.
Maqolada tasviriy san’atning turi bo‘lgan grafika, ya’ni qalamtasvirning rangtasvirda tutgan o‘rni beqiyosligi haqida nazariy fikr va mulohazalar hamda amaliy qo‘llanilishi tahlil etiladi.
Taqlidiy so‘zlar kishi ruhiyati, uning holati, shuningdek, kishini o‘rab turgan obyektiv borliq to‘g‘risida poetik tasvir yaratishda muhim uslubiy vosita bo‘la olishi mumkin. Ulardan nutq jarayonida foydalanish badiiy adabiyotning barcha janrlarida ma’lum darajada qo‘llanilsa-da, nazmga
nisbatan nasrda kengroq kuzatiladi
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotshunosligidagi dolzarb masalalardan biri peyzaj bilan bog‘liq badiiy obrazning jadid she’riyatida qo‘llanilishi, badiiy estetik vazifalari tahlil etilgan. Unda mumtoz adabiyotimizda keng qo‘llanilgan peyzaj bilan bog‘liq badiiy obrazlar tadqiq etilib, jadid shoirlari ijodida mazkur obrazlarga yangi ma’no va mazmun yuklanganligi yoritib berilgan. Bu esa maqola muallifiga jadid she’riyatining dunyoviy va ijtimoiy mohiyatini chuqurroq anglash va tushunishga imkon yaratgan.
Maqolada Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy she’rlari misolida peyzaj bilan bog‘liq obrazlarning XX asr boshlari o‘zbek she’riyatidagi o‘rni o‘rganilgan. Jadid shoirlari ijodida ko‘p uchraydigan “quyosh, “oy” , “yulduz”, “bulut”, “barg” , “gul”, “yo‘l” , “tong yeli”, “shamol”, “binafsha”, “qish”, “ko‘klam” singari ko‘plab obrazlarning zohiriy va botiniy qirralari kuzatilib, muayyan umumlashmalar chiqarilgan.